YANGILIKLAR

8:35 | 2 November 2015
Samarqand chorrahalarida yo‘l harakatini kuzatuvchi kameralar ish boshladi
Samarqand shahrining Bog‘ishamol ko‘chasidagi, Amir Temur haykali oldidagi chorrahalarga va Registon maydoni oldidagi ko‘cha bo‘ylab videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda. Rossiyadan olib kelingan kuzatuv kameralarini keyinchalik shaharning yana yetti nuqtasiga, xususan, Mirzo Ulug‘bek, Oydin yo‘l, Gagarin va Rudakiy ko‘chalari chorrahalariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Qayd etishlaricha, kameralar yordamida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlari […]
Batafsil
8:38 | 1 November 2015
Koreya shifokorlari Farg‘onada aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
Janubiy Koreyaning Vision Care Service xalqaro tashkiloti shifokorlaridan iborat delegatsiya 1—6-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi UzDaily. Tashrif doirasida 800 dan ziyod kishiga tashhis qo‘yish, 100 kishiga kataraktani olib tashlash va ko‘z gavharini almashtirishdan iborat tibbiy amaliyotlar o‘tkazish, mahalliy oftalmolog-shifokorlarga mahorat saboqlari berilishi ko‘zda […]
Batafsil
14:16 | 29 October 2015
31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Bu haqda, “O‘zgidromet”ga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
31-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, 1—2-noyabr kunlari esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi soniyasiga 15—20 metrga yetishi prognoz qilinmoqda. 3-noyabr kuni mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu kunga kelib havo harorati kechasi Selsiy bo‘yicha -3…-5 darajagacha, kunduzi esa +5…+7 darajagacha soviydi. Mamlakat shimolida havo harorati kechasi -8…-10 daraja, kunduzi 0…+2 darajagacha sovishi kutilmoqda. 31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari […]
Batafsil
12:19 | 29 October 2015
O‘zbekistonda paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-oktabr kuni farmon imzoladi. Farmon matnini O‘zA e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kompaniya paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda eksport qilish bo‘yicha yagona kompleksni yaratish, paxta va yog‘-moy mahsulotlarining sifatini hamda raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, respublikaning paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, jumladan, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida […]
Batafsil
8:00 | 29 October 2015
O‘zbekiston jahon paxta eksportidagi ulushi 7 foiz bo’ladi.
O‘zbekiston 2015/16-yilgi mavsumda jahon paxta bozorida o‘zining 7 foizlik ulushini saqlab qoladi, ya’ni 500 ming tonna paxta tolasini eksport qiladi. Bu haqda“Daryo” nashri xabar beradi. Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi bozorga paxta tolasini yetkazib berish bo‘yicha AQSh (29 foiz), Hindiston (16 foiz) va Pokiston (10 foiz) yetakchilikni saqlab qolmoqda. 2015/16-yilgi mavsumda […]
Batafsil