- Toshloq paxta tozalash korhonasi - http://toshloqpaxta.uz -

Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston va Samarqandda fuqarolikka qabul qilingan kishilarga pasportlar topshirildi

Posted By admin On 20.01.2017 @ 12:44 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga [1] binoan O‘zbekistonning turli mintaqalarida fuqarolik pasportlarini topshirish davom etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyatida 16 nafar yangi fuqaroga pasportlar topshirildi, deb xabar beradi [2] Daryo.uz

“Prezidentimizning farmoni yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanining yana bir ifodasi bo‘ldi, — dedi pasport olganlardan biri — Azamat O‘rinboyev. — Avvalo, shu tabarruk zaminda tug‘ilishning o‘zi katta baxt! O‘zbekistondek jannatmonand yurtda yashash saodati qalbimizga quvonchu faxr bag‘ishlaydi. Men sportning taekvondo turi bilan shug‘ullanaman. Xalqaro qora belbog‘ sohibiman. Maqsadim — O‘zbekiston nomini ulug‘lashga hissa qo‘shish. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganim, pasportni qo‘lga olganim menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun bag‘rikeng davlatimizdan minnatdorman”.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida [2]28 kishiga, Samarqand viloyatida [2] esa sakkiz kishiga fuqarolik pasportlari topshirildi.


Article printed from Toshloq paxta tozalash korhonasi: http://toshloqpaxta.uz

URL to article: http://toshloqpaxta.uz/fargona-qoraqalpogiston-va-samarqandda-fuqarolikka-qabul-qilingan-kishilarga-pasportlar-topshirildi/

URLs in this post:

[1] Prezident farmoniga: http://Daryo.uz

[2] deb xabar beradi: https://daryo.uz/2017/01/19/fargona-qoraqalpogiston-va-samarqandda-fuqarolikka-qabul-qilingan-kishilarga-pasportlar-topshirildi/

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.