- Toshloq paxta tozalash korhonasi - http://toshloqpaxta.uz -

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi va boshqa qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

Posted By admin On 13.11.2015 @ 09:46 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” [1] nashri xabar beradi.

Parlament quyi palatasi a’zolari “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Muhokama jarayonida mazkur qonunning qabul qilinishi “elektron hukumat” tizimini joriy etishning asosiy yo‘nalishlarini aniq belgilash, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shaffofligi va ochiqligi darajasini oshirishga ko‘maklashishi ta’kidlandi. Unda elektron hukumat tizimlarini rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishgan AQSh, Germaniya, Avstriya, Koreya Respublikasining tajribasi hisobga olingan.

Deputatlar Xo‘jalik protsessual kodeksi, Budjet kodeksi, shuningdek, «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Ushbu sohani huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasida ijro varaqasi yoki ijro hujjati kuchiga ham ega bo‘lgan sud buyrug‘ini sudyaning raqamli elektron imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida yuborish nazarda tutilmoqda. Qonun loyihasining qabul qilinishi sud ishlarini yuritish tezkorligini oshirish, sud xarajatlari, ijro hujjatining ijroga qaratilishi vaqti qisqartirilishi, shuningdek, AKT qo‘llanilishining kengayishiga ko‘maklashadi.

Majlis davomida deputatlar O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bir qator qonun loyihalarini ham ko‘rib chiqdi.


Article printed from Toshloq paxta tozalash korhonasi: http://toshloqpaxta.uz

URL to article: http://toshloqpaxta.uz/oliy-majlis-qonunchilik-palatasi-majlisida-elektron-hukumat-togrisidagi-va-boshqa-qonun-loyihalari-korib-chiqildi/

URLs in this post:

[1] “Daryo”: http://daryo.uz

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.