- Toshloq paxta tozalash korhonasi - http://toshloqpaxta.uz -

O‘zbekistonda Aeronavtika federatsiyasi tashkil etildi

Posted By admin On 20.01.2017 @ 12:55 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

Joriy yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonda havo sharida osmonga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Hozircha Chimyon tizmasida “faol dam olish hududi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda, keyinchalik esa butun mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar beradi [1]Daryo.uz [2]”.

Yanvar oyi avvalida Adliya vazirligi “Aeronavtika federatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur federatsiya havoda uchish sportini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib belgilagan.

“Havo sharida parvoz qilish, ehtimol, ko‘p million bolalardagi kabi mening ham orzuim edi, — dedi yangi federatsiya raisi Tohir Soliyev. — Mazkur orzuni amalga oshirishga erishdim va buni boshqalar bilan bo‘lishishni istayman”.

Loyiha uchun Rossiyaning “Rusbal” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasidan dastlabki uchta havoda parvoz qilish uskunasi jamlanmasiga buyurtma berildi.

“Biz tashkiliy masalalarni hal qilish, nafaqat daromad ko‘rish, balki jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz imijini faol targ‘ib qilish uchun katta imkoniyat taqdim etuvchi ishga mablag‘ kiritishni istovchi homiylarni ham izlayapmiz”, — qayd etdi Tohir Soliyev.

Birinchi havo sharini kuz oylarida Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida havoga uchirish rejalashtirilmoqda. Keyingi rejalar qatoridan Havoda uchish bo‘yicha 2018 yoki 2019-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish ham o‘rin olgan.


Article printed from Toshloq paxta tozalash korhonasi: http://toshloqpaxta.uz

URL to article: http://toshloqpaxta.uz/ozbekistonda-aeronavtika-federatsiyasi-tashkil-etildi/

URLs in this post:

[1] deb xabar beradi: https://daryo.uz/2017/01/17/ozbekistonda-aeronavtika-federatsiyasi-tashkil-etildi/

[2] Daryo.uz: http://Daryo.uz

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.