- Toshloq paxta tozalash korhonasi - http://toshloqpaxta.uz -

O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash yaxshilanadi

Posted By admin On 09.11.2015 @ 15:21 In YANGILIKLAR | Comments Disabled

O‘zbekiston hukumati 2015—2017-yillar davrida qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish dasturi (pdf [1])ni tasdiqladi.

Hujjat qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqalrida talab yuqori bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy yuroqi samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or usullarini faol joriy etish, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari pedagog kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Dasturga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti tuzilmasida o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiruvchi O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi tashkil etiladi. Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari tashkil etiladi.


Article printed from Toshloq paxta tozalash korhonasi: http://toshloqpaxta.uz

URL to article: http://toshloqpaxta.uz/ozbekistonda-qishloq-va-suv-xojaligi-tarmoqlari-uchun-kadrlar-tayyorlash-yaxshilanadi/

URLs in this post:

[1] pdf: http://lex.uz/Pages/GetPDF.aspx?file=2808181.pdf

Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.