- Toshloq paxta tozalash korhonasi - https://toshloqpaxta.uz -
Koreya shifokorlari Farg‘onada aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
Posted By admin On 01.11.2015 @ 08:38 In YANGILIKLAR | Comments Disabled
Janubiy Koreyaning Vision Care Service xalqaro tashkiloti shifokorlaridan iborat delegatsiya 1—6-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi [1] UzDaily.
Tashrif doirasida 800 dan ziyod kishiga tashhis qo‘yish, 100 kishiga kataraktani olib tashlash va ko‘z gavharini almashtirishdan iborat tibbiy amaliyotlar o‘tkazish, mahalliy oftalmolog-shifokorlarga mahorat saboqlari berilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur gumanitar tadbirlar Farg‘ona shahrida, viloyat ko‘z kasalliklari kasalxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Article printed from Toshloq paxta tozalash korhonasi: https://toshloqpaxta.uz
URL to article: https://toshloqpaxta.uz/koreya-shifokorlari-fargonada-aholini-tibbiy-korikdan-otkazadi/
URLs in this post:
[1] xabar beradi: http://www.uzdaily.uz/articles-id-26740.htm
Click here to print.
Copyright © 2015 Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi AJ. All rights reserved.