Markazlashgan Respublika Ta'minot Bazasi
Давно выяснено, что при оценке дизайна и композиции читаемый текст мешает сосредоточиться. Lorem Ipsum используют потому, что тот обеспечивает более или менее стандартное заполнение шаблона, а также реальное распределение букв и пробелов в абзацах, которое не получается при простой дубликации "Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.. Здесь ваш текст.." Многие программы электронной вёрстки и редакторы HTML используют Lorem Ipsum.
BatafsilPaxta tozalash korxonasining na’munaviy texnologik sxemasi
YANGILIKLAR
Arhiv12:55 | 20 January 2017
O‘zbekistonda Aeronavtika federatsiyasi tashkil etildi
Joriy yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonda havo sharida osmonga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Hozircha Chimyon tizmasida “faol dam olish hududi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda, keyinchalik esa butun mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar beradi “Daryo.uz”.
Yanvar oyi avvalida Adliya vazirligi “Aeronavtika federatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur federatsiya havoda uchish sportini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib belgilagan.
“Havo sharida parvoz qilish, ehtimol, ko‘p million bolalardagi kabi mening ham orzuim edi, — dedi yangi federatsiya raisi Tohir Soliyev. — Mazkur orzuni amalga oshirishga erishdim va buni boshqalar bilan bo‘lishishni istayman”.
Loyiha uchun Rossiyaning “Rusbal” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasidan dastlabki uchta havoda parvoz qilish uskunasi jamlanmasiga buyurtma berildi.
“Biz tashkiliy masalalarni hal qilish, nafaqat daromad ko‘rish, balki jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz imijini faol targ‘ib qilish uchun katta imkoniyat taqdim etuvchi ishga mablag‘ kiritishni istovchi homiylarni ham izlayapmiz”, — qayd etdi Tohir Soliyev.
Birinchi havo sharini kuz oylarida Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida havoga uchirish rejalashtirilmoqda. Keyingi rejalar qatoridan Havoda uchish bo‘yicha 2018 yoki 2019-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish ham o‘rin olgan.
Batafsil12:49 |
TATU talabasi yaratgan dasturiy tizim “O‘zbekiston havo yo‘llari”da joriy etildi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 4-kurs talabasi Izzat Mahmadaliyevning ustozi Otabek Narziyev ko‘magida olib borgan izlanishlari natijasida yaratilgan “Korporativ xodimlar hisobini yuritish” dasturiy tizimi ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda. U ayni paytda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi, “Temiryo‘lloyiha” tashkilotida amaliyotga joriy etildi, deb xabar beradi Dayo.uz. O`zA xabariga tayanib.
“Agar ota-onam mening qiziqishlarimni to‘g‘ri tushunib, shu sohaga yo‘naltirmaganda, virtual olamda yo‘limni yo‘qotib qo‘yishim ham hech gap emasdi, — deydi Izzat. — Dadam hatto foydali o‘yinlarni tanlashni ham o‘rgatardi. Bu o‘yinlar meni ingliz tilini o‘zlashtirishimga, keyinchalik Funny English dasturiy majmuasini yaratishimga turtki bo‘ldi. Mazkur dasturiy majmua boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanini o‘qitish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan va multimediali kompyuter xonalarida o‘rnatiladigan dastur bo‘lib, o‘qitish jarayonini o‘qituvchi va o‘quvchiga qulay, interfaol va qiziqarli tarzda tashkil etish imkonini beradi. Undan tashqari, uyda o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun ham juda qulay dastur hisoblanadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan Izzat yaratgan Funny English dasturiy majmuasi va “Korporativ xodimlar hisobini yuritish” dasturiy tizimi uchun mualliflik guvohnomalari berildi. Hozirgi kunda izlanuvchan talaba ustozi Barno G‘aniyeva ko‘magida elektron kutubxona mobil dasturini yaratish ustida izlanish olib bormoqda.
Batafsil12:44 |
Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston va Samarqandda fuqarolikka qabul qilingan kishilarga pasportlar topshirildi
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga binoan O‘zbekistonning turli mintaqalarida fuqarolik pasportlarini topshirish davom etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyatida 16 nafar yangi fuqaroga pasportlar topshirildi, deb xabar beradi Daryo.uz
“Prezidentimizning farmoni yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanining yana bir ifodasi bo‘ldi, — dedi pasport olganlardan biri — Azamat O‘rinboyev. — Avvalo, shu tabarruk zaminda tug‘ilishning o‘zi katta baxt! O‘zbekistondek jannatmonand yurtda yashash saodati qalbimizga quvonchu faxr bag‘ishlaydi. Men sportning taekvondo turi bilan shug‘ullanaman. Xalqaro qora belbog‘ sohibiman. Maqsadim — O‘zbekiston nomini ulug‘lashga hissa qo‘shish. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganim, pasportni qo‘lga olganim menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun bag‘rikeng davlatimizdan minnatdorman”.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 28 kishiga, Samarqand viloyatida esa sakkiz kishiga fuqarolik pasportlari topshirildi.
Batafsil