А A
21:00:13 22.12.2024 Yakshanba

8:00 | 29 October 2015

O‘zbekiston jahon paxta eksportidagi ulushi 7 foiz bo’ladi.

Print Print
cotton

O‘zbekiston 2015/16-yilgi mavsumda jahon paxta bozorida o‘zining 7 foizlik ulushini saqlab qoladi, ya’ni 500 ming tonna paxta tolasini eksport qiladi. Bu haqda“Daryo” nashri xabar beradi.

Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi (ICAC) ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi bozorga paxta tolasini yetkazib berish bo‘yicha AQSh (29 foiz), Hindiston (16 foiz) va Pokiston (10 foiz) yetakchilikni saqlab qolmoqda. 2015/16-yilgi mavsumda jahon bo‘ylab paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi 9,2 foizga — 23,9 million tonnagacha pasayadi, uning iste’moli esa 2 foizga — 25 million tonnagacha oshadi.

ICAC’ning dastlabki baholashlariga ko‘ra, paxta ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakat — Xitoyda talabning pasayishi va ayni vaqtda Braziliya, Hindiston va O‘zbekistonda paxta hosilining yuqori bo‘lishi munosabati bilan, 2015/16-yilgi mavsumda bir funt (450 gramm) paxtaning xalqaro narxi 67-68 sent miqdorida saqlanib qoladi.

“Hukumat paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va mavjud quvvatlarni oshirish hisobiga eksportni qisqartirish siyosatini maqsadli ravishda davom ettirmoqda”, — dedi konferensiya ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, “samarali logistika tizimi hamda optimal yo‘nalish va koridorlarning tanlanishi o‘zbek paxta tolasining o‘z vaqtida barcha iste’molchilarga yetib borishini ta’minlaydi”.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbek paxtasining joriy mavsumdagi asosiy xaridorlari yana Bangladesh (29 foiz), Xitoy (26 foiz), Janubiy Koreya (7 foiz) va Eron (5 foiz) bo‘ladi. “So‘nggi yillardagi o‘rtacha hosildorlikdan kelib chiqib, 2015-yilgi paxta hosilidan tola tayyorlash hajmi 1 million tonnaga yaqin bo‘ladi”, — dedi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi Farhod Omonov.

“O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015—2020-yillarda mamlakat yengil sanoat sohasi modernizatsiyasi uchun 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi. Dastur paxta tolasini mahalliy darajada qayta ishlashni joriy yildagi 44 foizdan 2020-yilda 70 foizga olib chiqishni, o‘z navbatida, tekstil mahsulotlari eksporti hajmini hozirgi 800 million dollardan 1,5 milliard dollarga ko‘tarishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonda har yili 3,5 million tonnaga yaqin paxta xomashyosi va 1—1,2 million tonna paxta tolasi tayyorlanadi. So‘nggi 10 yil ichida paxta tolasining ichki iste’moli mamlakatda 15 foizdan 40 foizgacha oshdi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 73 238-52-60

December 2024
M T W T F S S
« Aug    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031