А A
18:01:13 19.04.2025 Shanba

12:44 | 20 January 2017

Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston va Samarqandda fuqarolikka qabul qilingan kishilarga pasportlar topshirildi

Print Print
Screenshot_1-10

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga binoan O‘zbekistonning turli mintaqalarida fuqarolik pasportlarini topshirish davom etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyatida 16 nafar yangi fuqaroga pasportlar topshirildi, deb xabar beradi Daryo.uz

“Prezidentimizning farmoni yurtimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanining yana bir ifodasi bo‘ldi, — dedi pasport olganlardan biri — Azamat O‘rinboyev. — Avvalo, shu tabarruk zaminda tug‘ilishning o‘zi katta baxt! O‘zbekistondek jannatmonand yurtda yashash saodati qalbimizga quvonchu faxr bag‘ishlaydi. Men sportning taekvondo turi bilan shug‘ullanaman. Xalqaro qora belbog‘ sohibiman. Maqsadim — O‘zbekiston nomini ulug‘lashga hissa qo‘shish. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganim, pasportni qo‘lga olganim menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun bag‘rikeng davlatimizdan minnatdorman”.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 28 kishiga, Samarqand viloyatida esa sakkiz kishiga fuqarolik pasportlari topshirildi.

Ishonch telefoni

phone2

+998 73 238-52-60

April 2025
M T W T F S S
« Aug    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930