А A
21:14:28 22.12.2024 Yakshanba

12:55 | 20 January 2017

O‘zbekistonda Aeronavtika federatsiyasi tashkil etildi

Print Print
u7suyQ14846609926469_b

Joriy yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonda havo sharida osmonga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Hozircha Chimyon tizmasida “faol dam olish hududi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda, keyinchalik esa butun mamlakat bo‘ylab sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, deb xabar beradiDaryo.uz”.

Yanvar oyi avvalida Adliya vazirligi “Aeronavtika federatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur federatsiya havoda uchish sportini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib belgilagan.

“Havo sharida parvoz qilish, ehtimol, ko‘p million bolalardagi kabi mening ham orzuim edi, — dedi yangi federatsiya raisi Tohir Soliyev. — Mazkur orzuni amalga oshirishga erishdim va buni boshqalar bilan bo‘lishishni istayman”.

Loyiha uchun Rossiyaning “Rusbal” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasidan dastlabki uchta havoda parvoz qilish uskunasi jamlanmasiga buyurtma berildi.

“Biz tashkiliy masalalarni hal qilish, nafaqat daromad ko‘rish, balki jahon sayyohlik markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz imijini faol targ‘ib qilish uchun katta imkoniyat taqdim etuvchi ishga mablag‘ kiritishni istovchi homiylarni ham izlayapmiz”, — qayd etdi Tohir Soliyev.

Birinchi havo sharini kuz oylarida Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida havoga uchirish rejalashtirilmoqda. Keyingi rejalar qatoridan Havoda uchish bo‘yicha 2018 yoki 2019-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etish ham o‘rin olgan.

Ishonch telefoni

phone2

+998 73 238-52-60

December 2024
M T W T F S S
« Aug    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031